«Kambag‘al uylar» va erga berilayotgan go‘daklar

Featured Video Play Icon

Demokrat.uz muxbirining navbatdagi suhbatdoshi Shvetsiyadagi «Markaziy Osiyo Uyushmasi» Jamiyati vakolatxonasi direktori Gulnoz Mamarasulova bo‘ldi.

Huquq himoyachisi bilan bo‘lgan suhbat davomida Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekistonda muhtoj oilalarga qishloq joylarda ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish uchun ajratilgan 500 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit, uning saralflanishi va eng muhimi qurilgan uylarning sifati masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, suhbatda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining turmushga berib yuborilishi, buning salbiy oqibatlari va bu borada ijtimoiy tarmoqlarda davom etayotgan muhokamalar haqida ham so‘z bordi.