{"id":1890,"date":"2024-01-24T16:34:47","date_gmt":"2024-01-24T13:34:47","guid":{"rendered":"https:\/\/acaro.uz\/?p=1890"},"modified":"2024-01-27T16:40:14","modified_gmt":"2024-01-27T13:40:14","slug":"rossiya-inson-huquqlari-borasida-tobora-chokib-bormoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/acaro.uz\/?p=1890","title":{"rendered":"Rossiya inson huquqlari borasida tobora cho\u2018kib bormoqda"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>\u201cRossiya inson huquqlari borasida tobora cho\u2018kib bormoqda\u201d \u2014 faollar Rossiyada migrantlarga nisbatan qilinayotgan noinsoniy munosabat haqida (1-qism)<\/strong><br><br>Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquqni himoya qilish organlari xodimlari qurilish obyektlarining birida reyd o\u2018tkazgani va Markaziy Osiyodan borgan ishchilar o\u2018rdaksimon usulda yurishga majburlagani holati shu kunlarda tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo\u2018lmoqda. Xususan, tarmoqlarning o\u2018zbek segmentida Rossiyada inson huquqlari qo\u2018pol tarzda poymol qilinishi odatiy holga aylangani va migrantlarga nisbatan qilingan navbatdagi shunday munosabatga nisbatan kuchli norozilikni sezish mumkin. Hozirgacha holat yuzasidan O\u2018zbekiston tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo\u2018yicha vakili Feruza Eshmatova Rossiyaning Inson huquqlari bo\u2018yicha komissari Tatyana Moskalkovaga murojaat yuborgani ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Demokrat.uz muxbiri ayni vaziyat, holat yuzasidan O\u2018zbekiston hukumati harakatlari va kelgusida ko\u2018rilishi kerak bo\u2018lgan choralar bo\u2018yicha qator faollar fikri bilan qiziqdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cBu nafaqat inson qadr-qimmatini kamsitish, balki shafqatsizlik va sadizm hamdir\u201d \u2013 Gulnoz Mamarasulova<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Shvetsiyada joylashgan \u201cMarkaziy Osiyo uyushmasi\u201d jamiyatining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Gulnoz Mamarasulova Rossiyada muhojirlarga nisbatan qilinayotgan bu kabi qo\u2018pol munosabaltarni inson huquqlarining ochiq-oshkora, qasddan poymol qilinishi deya izohladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/demokrat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/1-1.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cBu migratsiyadagi mehnatkashlarga nisbatan o\u2018ta tahqirli va kamsituvchi holat. Bu nafaqat inson qadr-qimmatini kamsitish, balki shafqatsizlik va sadizm hamdir. Huquqni muhofaza qilish organlarining bunday noqonuniy xatti-harakatlarini shunchaki kuzatib bo\u2018lmaydi, ularni qat\u2019iyan qoralash kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo\u2018layotgan ushbu voqea Rossiyadagi migrantlar qanday kamsitish va ta\u2019qiblarga uchrayotganidan yana bir bor dalolat berdi. O\u2018zbekistonlik mehnatkashlar ham boshqa migrantlar kabi Rossiyaga o\u2018zlari va oilasi uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Odatda ular og\u2018ir ishlarda kam maosh evaziga ishlab, katta ehtimol bilan ish beruvchilar tomonidan doimiy ravishda ekspluatatsiya va mehnat huquqlari poymol bo\u2018lish (oyliklarni vaqtida to\u2018lamaslik, qo\u2018shimcha ish soatlari uchun tovon puli yo\u2018qligi, hayot uchun xavfli ishlar va xavfsizlik choralari yo\u2018qligi va hokazo) xavfi ostida yurishadi. Hattoki, huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning kamsitilayotgani azobiga ikki karra azob qo\u2018shishi tayin\u201d, \u2013 dedi Mamarasulova.<\/p>\n\n\n\n<p>Huquq faoliga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston tomoni o\u2018z fuqarolari \u2013 o\u2018zbek muhojirlarining huquqlari va xavfsizligini ta\u2019minlashi, shuningdek, bo\u2018layotgan kamsitish hamda ta\u2019qiblardan himoya qilish choralarini ko\u2018rishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cHukumat Rossiyadan bu voqeani tergov qilishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilishi kerak.&nbsp; Shuningdek, Rossiya bilan mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha shartnoma tuzish orqali migrantlar huquqlari himoyasiga ham qisman erishish mumkin, deb o\u2019ylayman\u201d, deya mulohazalari bilan o\u2019rtoqlashdi Gulnoz Mamarasulova.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cMigrantlarni muammolardan davlat himoya qilishni o\u2018rganguncha jamiyatimiz charchab qolmasligi kerak\u201d \u2013 Zarnigor Omonullayeva<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Migratsiya masalalari bo\u2018yicha ekspert Zarnigor Omonullayeva tarqalgan videolar yuzasidan munosabat bildirarkan, holatni noinsoniy ekani va unga qo\u2018yganlar Rossiya qonunchiligi bo\u2018yicha ham jinoyat qilishgani haqida gapirdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/demokrat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/2-3.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cVideoda Rossiya Jinoyat kodeksining 286-moddasi bo\u2018yicha mansab vakolatini suiiste\u2019mol qilganlik holatlari borligi e\u2019tiborimni tortdi. Holatga o\u2018z vaqtida tegishli munosabat berilmagani barchada savollarni ko\u2018paytirdi. Videodagi migrantlar orasida Qirg\u2018iziston fuqarolari aniqlangani sabab, Qirg\u2018iziston Tashqi ishlar vazirligi voqeaga munosabat bildirgani juda katta ish bo\u2018ldi. Shu sababli boshqa davlat fuqarolari ham o\u2018sha tergovda tahqirlangan bo\u2018lsa, ularni bu holatga tushishga majbur qilgan noprofessional xodimlar javobgarlikka tortiladi, bunga shubha yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunki Qirg\u2018izistonning yuqori boshqaruvi munosabati voqeaga yanada katta shov-shuv berdi va bu holat Rossiyaning eng yuqori kabinetlariga yetib borgan. Buni mansabdorlarning munosabati orqali bilishimiz mumkin. Faqat muammo mavzu aynan bir holatning o\u2018rganilishi bilan unutilib&nbsp; ketilayotgani yaxshi emas. Agar tizimli ravishda muhojirlarga qilinadigan noinsoniy munosabat va tahqirlash bo\u2018yicha huquqiy islohotlar olib borilsa, haqiqatdan xursand bo\u2018lardik.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozir Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O\u2018zbekiston ham Rossiya uchun sanksiyalar tufayli og\u2018ir iqtisodiy sharoitda do\u2018stona munosabatni saqlab kelayapti. Do\u2018stlar orasida esa tenglik bo\u2018lishi kerak. Shuning uchun O\u2018zbekiston ham fuqarolariga nisbatan tahqirlangan va noinsoniy munosabat bo\u2018yicha&nbsp; qonuniy chora ko\u2018rilishini so\u2018rab murojaat qilsa to\u2018g\u2018ri bo\u2018lardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozircha xorijdagi fuqarolarining himoyasi bo\u2018yicha O\u2018zbekistonning tajribasi juda sayoz, afsuski. Qo\u2018shni davlatlar bu yo\u2018nalishda ancha tez o\u2018sishayapti. Munosabat bildirib, qonuniy chora ko\u2018rilishini so\u2018rash va bunday mavzularda tergov hamda surishtiruvlarga e\u2019tiborli bo\u2018lish davlatning sha\u2019nini tushirmaydi, aksincha imijini yaxshilaydi\u201d, \u2013 deydi Omonullayeva.<\/p>\n\n\n\n<p>Mutaxassisning qayd etishicha, o\u2018zbekistonliklar orasida va xususan yuqori lavozim egalarida haligacha xorijga ketganlarga yaxshi munosabat shakllanmagani boshqa qator muammolarning ham asosi bo\u2018lib qolmoqda. Ularning huquqlari, majburiyatlari, muammo va masalalariga ortiqcha yuklama, ortiqcha vazifadek qarash bor.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMenimcha, migrantlarning qanchalik og\u2018iri tushmasa, hokimiyatdagilarga shuncha yaxshi. Chunki migrantlar Vataniga, ishlayotgan joyiga keltiradigan foyda haqida ko\u2018p gapirilmaydi. Ularga bechoralardek qarash bor, yoki og\u2018iri tushayotgandek. Vaholanki, ikkala tipdagi munosabat ham xato. Lekin o\u2018zbek jamiyatining keskin va faol munosabatidan keyin amaldorlar ham muammoga e\u2019tibor qaratishlarini unutmaslik kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun himoya masalasida hokimiyat vakillari uyg\u2018onib, huquqiy chora ko\u2018rilishini so\u2018rashni o\u2018zlariga ep ko\u2018rib, qo\u2018shni mamlakatlar tajribasini o\u2018rganib, o\u2018zbekistonliklarni himoya qilish odat tusiga kirguncha jamiyatimiz migrantlar muammolariga ko\u2018z yummasliklari kerak. Bir fenomen bor \u2014 muammodan odam tez charchaydi, ayniqsa birovning muammosidan. Migrantlarni muammolardan davlat himoya qilishni o\u2018rganguncha jamiyatimiz charchab qolmasligi kerak\u201d, \u2013 deydi Zarnigor Omonullayeva.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cMigrantlar masalasiga parlamentning e\u2019tiborsiz munosabati achinarli\u201d \u2013 Obidjon Latipov<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Jamoatchilik faoli Obidjon Latipov Rossiyada migrantlar bilan bog\u2018liq holatlar yuzasidan salbiy fikrdaligini ta\u2019kidlarkan, bu nafaqat qaysidir davlatning qonunchiligi nuqtai nazaridan, balki xalqaro inson huquqlari me\u2019yorlariga ham to\u2018g\u2018ri kelmasligini aytdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/demokrat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/3-2.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cRossiyaning ham, O\u2018zbekistonning ham qonunchiligi bo\u2018yicha inson huquqlari himoyalanishi kerak. Qaysi davlat fuqarosi bo\u2018lishidan, ijtimoiy kelib chiqishi, faoliyat turi, huquqiy maqomidan qat\u2019i nazar inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyalar esa barcha davlatda hurmat qilinishi shart. &nbsp;Afsuski, muhokamadagi holatlar birinchisi emas, inson huquqlari buzilishi rasmiylar tomonidan tez-tez kuzatiladi. Bunga &nbsp;munosabatimizni qat\u2019iylashtirishimiz kerak\u201d, \u2013 dedi u.<\/p>\n\n\n\n<p>Latipovning qo\u2018shimcha qilishicha, bu kabi holatlarning tez-tez takrorlanayotganiga O\u2018zbekistondagi mas\u2019ul tashkilotlarning, masalan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tashqi ishlar vazirligining ko\u2018pda qat\u2019iy pozitsiya bildirmasligi ham sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cShuningdek, migrantlarning ko\u2018pchiligini yoshlar tashkil qiladi. Bizdagi Yoshlar ishlari agentligi va uning huzurida Yoshlar muammolarini o\u2018rganish instituti mavjudligiga qaramasdan yoshlarning mana shunga o\u2018xshagan og\u2019riqli muammolari bor. Va ularni hal qilishda mazkur tashkilotlarning o\u2018rnini ko\u2018rmayapmiz.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018g\u2018ri, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati Rossiyaga borib, migrantlar bilan ko\u2018rishib kelmoqda. Ammo bu uchrashuvlarda migrantlarga aynan qanday yordam berilgani-yu, qanday muammolar hal qilingani borasida ma\u2019lumot olganimiz yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, xalqning ovozi, uning vakillari \u2013 Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatning migrantlar bilan bog\u2018liq muammolarga biror munosabat bermasligi, bu kabi masalalarni ko\u2018tarmasligi achinarli. Chunki xalq irodasini namoyon etuvchi organning dolzarb masalalarga kelganda sukut saqlashi ushbu organning bor yoki yo\u2018qligini savol ostiga oladi. Mana shu masalarlarda parlament uyg\u2018onishi kerak va jiddiyroq munosabatlarni, qattiqroq talablarni qo\u2018yishi kerak\u201d, \u2013 dedi Obidjon Latipov.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cRossiya inson huquqlari masalasida tobora pastlab bormoqda. Bundan keyin vaziyat yana-da yomonlashadi\u201d \u2013 Bahodir G\u2018aniyev<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahridagi xususiy maktab direktori Bahodir G\u2018aniyev Demokrat.uz bilan suhbatda Rossiyaning oxirgi yillarda inson huquqlari ta\u2019minlanishi borasida tobora pastlab borayotgani va bu jarayon yana-da yomonlashashishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/demokrat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/4-1.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cRossiya-Ukraina urushi tufayli demokratiyadan uzoqlashish, inson huquqlarining himoya qilish mehanizmlarining buzilishi, nafaqat migrantlarga, balki Rossiya fuqarolariga ham ta\u2019sir qilmoqda. Birinchi navbatda, mayda millatlarga nisbatan bunday holatlar kuzatilmoqda. Yaqinda Boshqirdistonda inson huquqlari himoyachisini 4 yilga qamashdi, odamlar esa miting qilishgan. Ularni kuch ishlatib tarqatishgan. Bundan tashqari Rossiyada millatchilik juda kuchli. Shu sababli buni hayron qolarli joyi yo\u2019q. Rossiyaga ketayotgan yurtdoshlarimizni inson huquqlari himoya qilinadigan davlatga yuborish choralarini ko\u2018rish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonning bu jarayondagi juda yumshoq munosabatiga kelsak, buni tushunsa bo\u2018ladi. Hukumat yalqovligidan bu tariqa ish tutayotgani yo\u2018q. Mamlakatimiz siyosiy jihati ham, iqtisodiy jihati ham Rossiyaga bog\u2018liq. Shuning uchun qat\u2019iy harakat qilishdan amaldagi hokimiyatimiz qo\u2018rqadi. Iqtisodiy sababini aytadigan bo\u2018lsak, O\u2018zbekistonning iqtisodiy barqarorligi migrantlarimizning puliga muhtoj. Agar biz hozir qandaydir qat\u2019iy choralarga boradigan bo\u2018lsak va Rossiya migrantlarimizni chiqarib yuborsa, 4 million ishsiz aholi qaytib keladi. Bu degani ularning daromadidan ham quruq qolamiz. Qozog\u2018iztonni olaylik, ular har qanday holatda Rossiyaga qarshi chora ko\u2018rishdan qo\u2018rqmayapti. Chunki ular iqtisodiy jihatdan barqaror davlat. Shu nuqtai nazardan hokimiyatning jimligini tushunsa bo\u2018ladi, lekin buni oqlamayman\u201d, \u2013 dedi faol.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning qo\u2018shimcha qilishicha, Rossiyada bundan keyin ham migrantlarni kaltaklash, besabab qamoqqa olishlar kuchayib boraveradi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAmmo bunga qarshi biz hech nima qilolmaymiz. Bitta nota bilan ham hech narsa o\u2018zgarmaydi. Rossiyada ham O\u2018zbekiston bizga nota yuboribdi, bo\u2018ldi endi, o\u2018zbek migrantlariga hurmat bajo keltiramiz, deyishmaydi, bu yosh bolacha fikrlash. Nota bilan biz, shunchaki, bir chekkada akkillagan itga o\u2018xshab qolaveramiz\u201d, \u2013 dedi G\u2018aniyev.<\/p>\n\n\n\n<p>U fikrlarini xulosalar ekan, bugungi vaziyatda hukumat ko\u2018rishi kerak bo\u2018lgan eng muhim choralarga ham to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cXo\u2018p, hozir qilishimiz kerak bo\u2018lgan eng asosiy ish nima? Fikrimcha, Rossiya mehnat bozoridan voz kechib, yurtdoshlarimizni rivojlangan va tuzumi demokratik bo\u2018lgan, inson huquqlari poymol qilinmaydigan davlatlarga joylashtirish kerak. Va bundan ham keyingi ish mehnat migratsiyasidan voz kechib, iqtisodiyotimizni oyoqqa turg\u2018izib, fuqarolarimizni o\u2018zimiz ish bilan ta\u2019minlashimiz kerak. Va bu ham 40-50 yillik reja, albatta\u201d, dedi Bahodir G\u2018aniyev.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u201cKremlga haqiqiy demokratik kuchlar, insonparvar rahbarlar kelmas ekan, tirikchilik g\u2018amida Rossiyada yurgan yurtdoshlarimizga bo\u2018lgan munosabat aslo yumshamaydi\u201d \u2013 Shokir Dolimov<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Nafaqadagi harbiy, tarjimon Shokir Dolimov migrantlarga bo\u2018lgan noinsoniy munosabatlar haqida gapirarkan, buni Rossiyadagi bugungi tuzum, vaziyat bilan bog\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/demokrat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/5-1.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cKreml rahbarligidagi huquqni muhofaza qilish idoralarining Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlariga bo\u2018lgan bunday tahqirli munosabati Rossiya aholisining muayyan qismi, xususan, Putinning ta\u2019biri bilan aytganda \u201cgosudarstvoobrazuyushiy\u201d, ya\u2019ni davlatning asosiy o\u2018zagini tashkil etadigan toifasi&nbsp; azaldan \u201codamsevmas\u201d toifa ekanini hayotning o\u2018zi ko\u2018rsatib qo\u2018ydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday ekan, toki Kremlga haqiqiy demokratik kuchlar, insonparvar rahbarlar kelmas ekan, tirikchilik g\u2018amida Rossiyada yurgan yurtdoshlarimizga bo\u2018lgan munosabat vahshiylashsa vahshiylashadiki, aslo yumshamaydi. Mazkur holat yuzasidan O\u2018zbekiston hukumati tegishli choralar ko\u2018rayotganiga shubha yo\u2018q. Biroq hukumatimiz o\u2018z an\u2019anasiga sodiq qolib, bu borada qilayotgan ishlari haqida jar solishga ehtiyoj yo\u2018q, deb topayotgan bo\u2018lishi mumkin\u201d, \u2013 dedi zahiradagi polkovnik Shokir Dolimov.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ilyos Safarov va Feruza Omonboyeva tayyorladi<\/strong><br><a href=\"https:\/\/demokrat.uz\/2024\/01\/24\/rossiya-inson-huquqlari-borasida-tobora-chokib-bormoqda-faollar-rossiyada-migrantlarga-nisbatan-qilinayotgan-noinsoniy-munosabat-haqida-1-qism\">https:\/\/demokrat.uz\/2024\/01\/24\/rossiya-inson-huquqlari-borasida-tobora-chokib-bormoqda-faollar-rossiyada-migrantlarga-nisbatan-qilinayotgan-noinsoniy-munosabat-haqida-1-qism<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cRossiya inson huquqlari borasida tobora cho\u2018kib bormoqda\u201d \u2014 faollar Rossiyada migrantlarga nisbatan qilinayotgan noinsoniy munosabat haqida (1-qism) Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquqni himoya qilish organlari xodimlari qurilish obyektlarining birida reyd o\u2018tkazgani va Markaziy Osiyodan borgan ishchilar o\u2018rdaksimon usulda yurishga majburlagani holati shu kunlarda tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo\u2018lmoqda. Xususan, tarmoqlarning o\u2018zbek segmentida Rossiyada inson huquqlari qo\u2018pol [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1891,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[127,125,126,124],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1890"}],"collection":[{"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1890"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1890\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1894,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1890\/revisions\/1894"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1891"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1890"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1890"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/acaro.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1890"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}